Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan muzey xodimlari Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirdi


Joriy yilning 18 may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi xodimlari Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirdi. Muzey jamoasi dastlab Urganch davlat universiteti tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida bo‘lib, muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Muzey ekspozitsiyasiga qo‘yilgan tarixiy hujjatlar, tarixiy ashyolar, kitoblar hamda qatag‘onga uchragan insonlarning qo‘lga olgan buyumlari orqali Xorazm viloyati tarixidagi ham qatag‘on siyosatining juda ayanchli oqibatlari bilan tanishib chiqildi.

????So‘ng bu yerda o‘tkazilayotgan "18-may Xalqaro muzeylar kuni, shuningdek, jadid ayoli Maryam Sultonmurodova xotirasining 120 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va xotira" mavzusidagi tadbirda faol ishtirok etib, shu yerdagi muzey vakillari bilan fikr almashib, kelgusida muzeyni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda rejalar tuzildi.

Share