Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Rektor universitet hududida o‘rganish ishlarini olib bordi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova prorektorlar hamrohligida oliygoh hududida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida universitetning qurilish obyektlari, sport maydonlari, talabalar turar joylari, shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi hamda Karyera markazi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud infratuzilma, yaratilgan sharoitlar va talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar tahliliy ruhda baholandi.

O‘rganish jarayonida hududlarni yanada obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, talabalar uchun qulay va zamonaviy muhitni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida mas’ul xodimlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim jarayonini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda universitet infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar va zarur ko‘rsatmalar berildi.

Share