Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University


2024-2025 o'quv yili “Fizik innovator” to‘garagi

2024-2025 o'quv yili “Fizik innovator” to‘garagi

“Fizik innovator” to’garigi

Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.03.2021 yildagi PQ-5032-sonli “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash uchun “Fizika” kafedrasi qoshida mavjud va yangilanayotgan o’quv laboratoriya jixozlarini doimiy ishchi holatini ta’minlash va talabalarda bevosita ixtirochilik va ratsionalizarotlik g’oyalarni shakllantirish, kreativ – ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2024-2025 oq’uv yilida tashkil qilingan “Fizik innovator” fan to’garagi ish faoliyati davomida

ushbu to’garakda turli ta’lim yo’nalishlarida ta’hsil olayotgan 20 dan ortiq talabalar o’quv yili davomida foal ishtirok qilishdi.

2024-2025 o'quv yili “Fizik innovator” fan to‘garaki faoliyati

“Fizik innovator” to’garigi 2024-2025 o'quv yili fan to‘garagiga “Fizika” bakalavriat yo’nalishi talabalaridan 30 dan ortiq talabalar jalb qilindi.

“Fizik innovator” to’garigini olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

  1. R.M. Ruzimov – “Fizika” kafedrasi kata o’qituvchisi
  2. A.I. Rahmanov – “Fizika” kafedrasi kata o’qituvchisi

 To’garak davomida talabalar fizikadan masalalar yechish ko’nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda “Fizika” kafedrasi qoshida mavjud va yangilanayotgan o’quv laboratoriya jixozlarini doimiy ishchi holatini ta’minlash maqasadida mexanika, molekular fizika, elektromagnitizm, optika bo’limlaridagi laboratoriya qurilmalarining ayrim ishdan chiqqan, tuzatish imkoni bo’lgan detallarini ta’mirlash ishlari ham  to’garak a’zolari bilan birgalikda olib  borildi.

To’garak a’zolarining erishgan yutuqlari:

  2-kurs fizika yo’nalishi talabalari Najimaddinov Sobirjon va Eshimetova Shaxnoza, 1- kurs axborot xavfsizligi yo’nalishi talabasi Allaberganov Faridun, 2-kurs amaliy matematika yo’nalishi talabasi Atamuratova Anaxon, 4- kurs fizika yo’nalishi talabalari Masharipov Feruzbek, Ismoilov Doniyor, Xudayberganov Shohruh turli xil ixtirochilik va ratsionalizarotlik g’oyalari tanlovlari, jumladan, 2025- yilgi “Mirzo Ulug’bek vorislari” ko’rik tanlovining tuman, viloyat va Respublika bosqichlarida faol qatnashdilar va sertifikat bilan taqdirlandilar

         

Bundan tashqari, 2-kurs fizika yo’nalishi talabasi Eshimetova Shaxnoza hamda 1- kurs axborot xavfsizligi yo’nalishi talabasi Allaberganov Faridun 2025 yil 28–29 aprel kunlari Xorazm viloyatida Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyat hududiy sho‘basi, IT Park Xorazm viloyati hududiy filiali va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali koʻmagida Startaplar ekotizimini rivojlantirish va yoshlar g‘oyalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan "Ideathon" tanlovida faol ishtirok etib  faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.