Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”fakulteti, Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan
“Xalqaro iqtisodchilar klubi”tashkil etildi.
“Xalqaro iqtisodchilar klubi” - klubni tashkil etishimizdan asosiy maqsad - iqtisodiy fikrlashi yetuk
bo'lgan talabalarni bir joyda jamlash va ular bilan bir jamoada katta loyihalar ishlab chiqishdir.
Bu shunchaki klub emas, balki iqtisodchilarni kelajakdagi katta raqobatga tayyorlovchi maktab hamdir.
Klubimiz maqsadi:
xalqaro iqtisodiyot, global bozorlar, moliya va iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarida talabalarning:
• ilmiy va strategik fikrlashini rivojlantirish
• tahliliy va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish
• nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish
Klub faoliyati doirasida:
• ilmiy ma’ruzalar va ochiq darslar
• iqtisodiy debat va munozaralar
• ilmiy maqola va tadqiqotlar
• seminarlar hamda tahliliy uchrashuvlar
o‘tkazib boriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar
• Kompyuter savodxonligi: Word, Excel va boshqa ofis dasturlari
• Sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha treninglar
• Xalqaro bilim va ko‘nikmalar: sertifikatlar va onlayn kurslar
• Ilmiy izlanishlar va maqola yozish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
• Universitetdagi imkoniyatlardan foydalanish va stipendiya nomzodligi
Nima uchun qo‘shilish kerak?
• Iqtisodiy fikrlash qobiliyatingizni rivojlantirish
• Nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash
• Kelajakdagi ish faoliyatingiz uchun plus imkoniyatlar yaratish
• Debat, seminar va bellashuvlarda qatnashish
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
— Fakultetimizning faol va tashabbuskor talabalari
— Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lganlar
— Global iqtisodiy fikrlashni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar
Ishtirokchilarni oldinda kutmoqda:
Sertifikat va tavsiyanomalar
Real iqtisodiy tahlil va qo‘shimcha bilimlar
Professional tarmoq va global imkoniyatlar
Shaxsiy rivojlanish va yetakchilik ko‘nikmalari