Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida «Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!" shiori ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi


Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Urganch shahar bo‘linmasi hamkorlikda «Mening Konstitusiyam!“, «Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!" shiorlari ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Unda Muzey direktori, dotsent Yulduzxon Raxmanova va O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi Abdulla Sabirovlar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazdilar. Konstitusiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shish taklif etilgan moddalar to‘g‘risida amaldagi Konstitusiya bilan taqqoslagan holda tushuntirib berdilar.

Tadbir soʻnggida “Inson – aziz, xotira - muqaddas” degan gʻoya asosida tadbir ishtirokchilariga muzey bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Share