Kompyuter injiniringi kafedrasida faoliyat yuritayotgan to'garaklar
Talabalarning amaliy ko'nikmalarini oshirish va ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida
Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniringi kafedrasida 2025–2026 o'quv yili uchun talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtirish maqsadida bir qator to'garaklar tashkil etildi. To'garak mashg'ulotlari kafedraning tajribali professor-o'qituvchilari rahbarligida olib boriladi.
Mashg'ulotlarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy loyihalar, musobaqa va olimpiadalarga tayyorgarlik, startap g'oyalarini ishlab chiqish kabi yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratiladi. To'garaklarga barcha yo'nalish talabalari qatnashishi mumkin.
Kafedradagi to'garaklar
Python dasturlash
Python tili asoslari, algoritmlar, ma'lumotlar bilan ishlash va kichik amaliy dasturlar yaratish.
Rahbar: Baltayev Rustambek
Vaqti: Har hafta seshanba, soat 09:00
Xona: 301
Web dasturlash
HTML, CSS, JavaScript va zamonaviy freymvorklar yordamida veb-saytlar hamda veb-ilovalar ishlab chiqish.
Rahbar: Baltayev Rustambek
Vaqti: Har hafta seshanba, soat 09:00
Xona: 301
To'garaklardan ko'zlangan maqsad
- talabalarda zamonaviy IT sohasida amaliy ko'nikmalarni shakllantirish;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni olimpiada hamda tanlovlarga tayyorlash;
- ilmiy-tadqiqot va startap loyihalariga yo'naltirish;
- jamoada ishlash va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
To'garaklarga a'zo bo'lish istagidagi talabalar Kompyuter injiniringi kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin. Kafedra jamoasi barcha qiziquvchi yoshlarni to'garak mashg'ulotlarida faol ishtirok etishga taklif qiladi!
Kompyuter injiniringi kafedrasi axborot xizmati