Close
Skip to main content

Kafedra haqida
Bugungi kunda kafedrada Filologiya va tillarni o’qitish yo'nalishida nemis, fransiz va ingliz tilllari bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada 65 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Shulardan 1 nafari professor, 3 nafari dotsent, 5 nafari fan nomzodi, 3 nafari katta o'qituvchi va 53 nafari o’qituvchilardir. Kafedra Germaniya elchixonasi, Fransiya elchixonasi, Gyote instituti, Gerder instituti, Maks Plank instituti, Bonn universiteti, Konrad Adenauer jamg'armasi, Sorbonna universiteti va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan ilmiy va amaliy hamkorliklar qilib kelmoqda.
Kafedrada tilshunoslikning dolzarb muammolari, folklorshunoslik, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik, chet tili o'qitishning zamonaviy muammolariga bag'ishlangan ilmiy yo'nalishlar mavjud bo'lib, professor-o'qituvchilar ana shu yo'nalishlarda ilmiy faoliyat olib borishmoqda. Kafedra professori O.Jumaniyozov 2006 yilda Germaniyaning Brokxaus nashriyotida chop qilingan 30 jildlik entsiklopediyaga hammualliflik qildi. Bundan tashqari kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 10 dan ortiq o'quv va 40 dan ortiq o'quv uslubiy qo'llanmalar chop qilindi. 
Kafedra qoshida ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar tashkil qilingandan buyon 1000 ga yaqin bakalavr, 10 ga yaqin magistrlar tayyorlandi. 
Kafedra o'qituvchilari Germaniya, Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Malayziya kabi dunyoning yetakchi davlatlarining nufuzli oliygohlarida o'z malakalarini oshirib kelmoqdalar. 
Bundan tashqari har yili nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari ham Germaniyaning bir qancha universitetlarida 1 oylik yozgi kurslarida o’qishni qo’lga kiritib kelmoqdalar.

 

Bugun 29-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti

Bugun 29-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navba ...

2026-04-29

Seminarda tayanch doktorant Kadirova Shoxsanam Babaxonovna “Nemis va o‘zbek tillarida tabiat hodisalarini ifodalovchi otlarning struktu ...

Batafsil
Bugun 15-aprel kuni soat 14.00da Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti

Bugun 15-aprel kuni soat 14.00da Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafe ...

2026-04-15

Seminarda 2-bosqich magistranti Shonazarova Sevinchoy Davronbek qizi o‘zining “Fransuz va o‘zbek adabiyotida stilistik figuralarn ...

Batafsil
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida joriy yilning 17-aprel sa

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida joriy yilning 17-aprel sa ...

2026-04-17

Seminarda Roman-german filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Sa’dullayeva Sapura Batirbek qizining “Nemis tilini chet tili sifatida ...

Batafsil
Bugun 22 aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti

Bugun 22 aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navba ...

2026-04-22

Seminarda kafedra stajyor-o‘qituvchisi Karimboyeva Nafosat Yunus qizi "Fransuz tilida frazeologik birliklar transformatsiyasining mualli ...

Batafsil

Kafedra ilmiy ishlari

Kafedrada ilmiy-tadqiqot faoliyati 2 yo`nalishda olib borilayapti: fransuz va nemis taillari o’qitish metodikasi, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik.