Close
Skip to main content

Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari kafedrasi

 

        Urganch Davlat universiteti Kimyoviy-texnologiya fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi negizida 2018-yildan “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2021-yilda ushbu yo‘nalish asosida “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi tashkil etildi.

        2021–2024-yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Saparbayeva Nasiba Kamilovna rahbarlik qildi. Ushbu davrda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritdi, jumladan 3 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi va 8 nafar o‘qituvchi-stajyorlar ta’lim va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullandilar.

        2024-yildan boshlab kafedraga texnika fanlari falsafa doktori Jumaniyozov Hurmatbek Palvannazirovich rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafari fan doktori, 7 nafari PhD ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

         Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-amaliy faoliyati yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular tomonidan 11 ta ixtiro uchun patent, 25 ta EHM dasturi uchun guvohnoma olingan. Shuningdek, 5 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 25 ta uslubiy qo‘llanma hamda Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nufuzli jurnallarda 65 ta ilmiy maqola chop etilgan.

         2025 yil 14-15 may kunlari “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda konseptual yondashuvlar, innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indonenziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Respublikamiz oliyta’lim muassasalaridan yengil sanoat va to‘qimachilik sohasi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

          Kafedrada kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Hozirda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 400 nafar talaba tahsil olmoqda:

60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirlangan ip ishlab chiqarish);

60721400 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi);

60720700 – Yengil sanoat muhandisligi (ipak, yigirlangan ip, to‘qimachilik texnologiyalari, tikuv buyumlari texnologiyasi).

2026-yil fevral oyida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Yengil sanoat mahsulotlarini texnologiyasi va konstruksiyalash” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent Kaldibaev Rashid Turdibaevich va “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va loyihalash” kafedrasi dotsenti t.f.n. Eshjanov Abilda Abdikadirovich 3-kurs talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruza o‘qidi.

Kafedra Xorazm viloyatidagi yirik yengil va to‘qimachilik sanoati korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Jumladan, “Urganch Bahmal” MChJ va “Urgench Cluster” MChJ korxonalarida 5+1 shaklidagi dual ta’lim tizimi joriy etilgan. “Artatex” MChJ, “Urgench Cluster” MChJ, “Xiva Cluster” MChJ va “UZTEXGRUP” MChJ korxonalarida talabalar uchun oylik maosh bilan ta’minlangan malakaviy amaliyotlar tashkil etilgan.

Kafedra o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar orqali sanoatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni yaratish va sohani innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

“YЕNGIL SANOATDA BARQAROR RIVOJLANISH: INNOVATSIYALAR VA  YANGI YONDOSHUVLAR”mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya

“YЕNGIL SANOATDA BARQAROR RIVOJLANISH: INNOVATSIYALAR VA YANGI YONDOSHUVLAR”mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya ...

2026-04-17

Bugun Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan “Yengil sanoatda ...

Batafsil
Iplarni to'quvchilikka tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish

Iplarni to'quvchilikka tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish ...

2026-04-08

2026-yil 8-aprel kuni "Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari" kafedrasida kafedra o'qituvchisi Komilov Axmadjon Qalandar o'g ...

Batafsil
XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA NAVBATDAGI TASHRIF

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA NAVBATDAGI TASHRIF ...

2026-02-17

Bugun, 25-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Q ...

Batafsil
Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Biznes marafon” o‘tkazildi

Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Biznes marafon” o‘tkazildi ...

2026-03-13

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba-yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalar ...

Batafsil

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

  • To’qimachilik materiallar texnologiyasi va xom-ashyosiga ishlov berish;
  • Aralash tolali materiallarni yuqori chastotali bo’yash tenologiyasini yaratish
  • To’qimachilik korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlarni rangsizlantirish va  neytralash texnologiyasi
  • Tut ipak qurtining ingichka tolali pillalarini chuvish texnologiyasini

2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ixtirolar bo‘yicha 4 ta patent hamda dasturiy ta’minot va o‘quv qo‘llanmalar uchun 2 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnoma (DGU) olindi:

  1. Jumaniyozov Z.B., Matchanov Sh.K., Buranova D.B., Boltaboyev D.Z.
    Yashil shisha uchun tarkib.
    Patent № IAP 8142, 09.07.2025-yil.

  2. Jumaniyozov Z.B., Matchanov Sh.K., Ruzmetova A.Sh.
    Issiqqa chidamli bog‘lovchi olish usuli.
    Patent № IAP 8167, 23.07.2025-yil.

  3. Abbazov I.Z., Sharapov B.N., Xodjayev Q.Sh., Tursunov Z.R.
    Paxta xomashyosi uchun separator.
    Patent № IAP 7917, 23.01.2025-yil.

  4. Nabiyeva I.A., Matkarimova D.B., Islamova Z.Sh., Miratayev A.A.
    Jun va to‘qimachilik materiallari hamda mahsulotlarini kuyadan himoyalash va bo‘yash uchun tarkib.
    Patent № IAP 7972, 07.03.2025-yil.

  5. Jumaniyozov H.P., Tojimirzayev S.T., Rahimova G.P., Mamatova S.Sh., Sovutov M.E.
    Yengil sanoat chiqindilarini qayta ishlash fanidan o‘quv qo‘llanma.
    Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnoma № DGU 48058, 25.02.2025-yil.

  6. Jumaniyozov H.P., Tojimirzayev S.T., Rahimova G.P., Mamatova S.Sh., Quryazov O‘.S.
    “Texnologik jarayonlarni loyihalash” fanidan o‘quv qo‘llanma.
    Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnoma № DGU 47896, 20.02.2025-yil.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

O‘zbekiston, Urganch shahar, 220100, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy

  • +998 62 224 68 00
  • info@urdu.uz
  • Avtobus 7, 13, 28
Location
Copyright UrSU © — All rights reserved