Close
Skip to main content

«Biologiya» kafedrasi tarixi

Biologiya kafedra dastlab Xorazm davlat pedagogika institutida 1949 yilda geografiya-biologiya kafedrasi sifatida tashkil qilingan. 1967-1991 yillar mobaynida S.Iskandarov, S.Xo‘janiyozova, G.Hojiqurbonova,

 B.Haqberdiyev, A.Matyoqubov, R.Egamberdiyev, R.Sobirov, B.Sodiqov, R.Xamzin, M.Eshchonov, P.Otayevlar kabi tajribali va ilmiy salohiyatga ega o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan.

1992 yilgacha botanika-tuproqshunoslik kafedrasiga R.Egamberdiyev, R.Sobirovlar rahbarlik qildilar. Shu yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari «Xorazm vohasi cho‘l o‘simliklarining biologik xususiyatlari» yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.

1992-1997 yillarda fakultet kafedralari zamon talabi asosida Umumiy biologiya kafedrasi qaytadan tashkil etildi va unga qishloq xo‘jalik fanlari doktori G‘.M.Satipov rahbarlik qildi.

Hozirgi kunda «Biologiya» kafedrasiga dots. Tajiyev Zokirjon Rajabovich  rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedrada jami: 1 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodi va 22 dan ziyod o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra tarkibida 30 dan ortiq professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Hozirda 70510101 - Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) yo’nalishi bo’yicha magistratura bosqichida talabalar tahsil olib kelmoqda.

 

Yil sarhisobi

Yil sarhisobi ...

2025-12-29

Kengash yig‘ilishida  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “2025-yilning eng faol kafedrasi” tanlovining ...

Batafsil
Magistratura bitiruvchilarining dissertatsiya himoyalari

Magistratura bitiruvchilarining dissertatsiya himoyalari ...

2025-06-19

Ayni paytda Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti 70510101 Biologiya: Botanika va o'simliklar fiziolo ...

Batafsil
Ustoz qadri elda aziz!

Ustoz qadri elda aziz! ...

2025-05-07

Bugun, 7-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Biologiya kafedrasi 3-b ...

Batafsil
1-aprel — Xalqaro qushlar kuni!

1-aprel — Xalqaro qushlar kuni! ...

2025-04-02

Bugun, 2-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida "1-aprel &mdas ...

Batafsil