Close
Skip to main content

         Turizm kafеdrasi 2023 yil avgust oyidan boshlab Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish kafedrasi negizida tashkil qilingan. Bugungi kunda kafеdrada 20 nafar professor-o`qituvchi bo`lib, shundan 10 nafari asosiy shtatda (ulardan 3 nafari PhD), 10 nafari o`rindoshlik asosida (ulardan 1 nafari fan doktori, 1 nafari fan nomzodi, 2 nafari PhD), faoliyat olib bormoqda. Kafеdrada 61010400 – “Turizm (Faoliyat yo`nalishlari bo`yicha)” (O’zbek va Rus guruhlari), 61010100 - Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish va 71010401 - Turizm (Faoliyat turlari bo`yicha) magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Bugungi kunda kafеdrada 50 dan ortiq fan o’qitiladi. Kafеdradaning 10 nafar xodimi doktoranturada hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida o`z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

         Hisobot yilida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 54 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan turli xil ilmiy anjumanlarda 50 ta ilmiy ma’ruza tezislari bilan qatnashdilar.

 

Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi

Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi ...

2023-03-28

2023 yil 28 mart kuni Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Mintaqada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda kichik biznes ...

Batafsil
Doktorlik dissertatsiya himoyasi

Doktorlik dissertatsiya himoyasi ...

2023-02-04

Urganch davlat universiteti Turizm va mehmonxona xo'jaligini boshqarish kafedrasi doktoranti, i.f.n., dots. Xudayberganov Dilshod Tuxtabayevich ...

Batafsil
SCOPUS jurnalida maqola chop etildi

SCOPUS jurnalida maqola chop etildi ...

2022-01-17

Kafedra professor-o`qituvchilari  dots.U.Matyakubov, dots. D.Bekjanov, O.Saidmamatov, E.Ibadullayevlar , AQSHning Purdue universiteti professo ...

Batafsil
Talabalar o`rtasida qizlar bellashuvi bo`lib o`tdi

Talabalar o`rtasida qizlar bellashuvi bo`lib o`tdi ...

2021-03-26

2021 yil 16 mart kuni universitet Madaniyat saroyida o’tkazilgan Navro’z bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Mening Nav ...

Batafsil

Kafedra ilmiy ishlari

2021 yil davomida kafedra professor - o‘qituvchilari 10 tadan ortiq maqola xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida, 15 tadan ortiq maqola Respublika miqyosidagi jurnallarda, 50 dan ortiq tezislar Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda, 5 dan ortiq tezislar xalqaro miqyosda o‘tkazilgan anjumanlarda chop qilindi. 

“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” кафедрасида “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasi raqobatbardoshligini oshirish tendentsiyalari”, “Zamonaviy tendentsiyalar asosida turizm sohasini barqaror rivojlantirishning dolzarb masalalari” yo`nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda Olingan ilmiy natijalar Respublika va xorijning nufuzli jurnallarida chop qilindi.

Hisobot yilida kafedraning ilmiy salohiyati 20,6% (asosiy shtatda 17,6%) ni tashkil qildi. Kafedrada professor-o`qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish bo`yicha reja asosida izchil ravishda chora tadbirlar olib borilmoqda. 2021 yilda 1 nafar professor-o`qituvchi fan doktori, 11 nafar professor-o`qituvchi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. 1 nafar professor-o`qituvchi doktoranturada, 6 nafari tayanch doktoranturada, 4 nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida va 1 nafar professor-o`qituvchi stajor-tadqiqotchi sifatida tahsil olmoqda.

Kafedraning 4 nafar professor-o`qituvchisi Saidmamatov Olimjon Aminboy o`g`li boshchiligida Amerika elchixonasining “UNICEN” dasturi bo`yicha “Developing MOOC on Ecotourism of Uzbekistan” nomli granti bo`yicha faoliyat olib bordi. Ilmiy grantning umumiy moliyalashtirish hajmi 7670 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ilmiy grant bo`yicha elektron darslik yaratildi va EdX platformasiga joylandi: https://edx.cakn.online/courses/course-v1:ursu+uz-ecotourism+2021C2/about

10.10.2021. Kafedra jamoasi YUNESKO tashkilotining 2020-2021-yillar uchun Qatnashuv dasturi tanlovida “Orol boʻyi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yoʻnalishida daromad olish imkoniyatlari” nomli loyiha bilan g`olib bo`ldi. Ushbu loyiha Orol bo`yi hududlarida turizm ko`nikmalarini oshirish uchun mo`ljallangan va 2022-yil amalga oshirilishi kutilyapti.

“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” kafedrasi professor o’qituvchilari muntazam ravishda Respubliklamizda o`tkazilgan inovatsion g’oyalar tanlovlarida faol qatnashib kelmoqdalar, Kafedra o`qituvchisi Yo`ldoshev Hakimboy № C-PF-55 raqamli “O`zbekistonning turistik shaharlarining 3 D va VR BOX modellarini yaratish” bo`yicha loyihasini ustida ish olib bormoqda. Loyiha bo`yicha Xiva shahridagi madaniy meros ob`yektlarining 3D modellari yaratildi. O`tmish davrini jonlantirish maqsadida real tarixiy voqealar jonlantirildi. 32 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

Amerikaning Florida Xalqaro Universiteti professori, Jinlin Zhao Fulbright dasturi yordamida kafedrada o`quv mashg`ulotlarni olib boorish uchun bir oyga keldi va bakalavr, magistr va doktorantlarga turizm yo`nalishi bo`yicha saboq berdi. Bir oyga yaqin davom etgan darslar “co-teaching” uslubida o`tkazildi va yosh o`qituvchilar zamonaviy o`quv metodlarini, internet yordamida darsni maroqli o`tkazish yo`llarini o`rgandilar. Bundan tashqari, prof.Jinlin Zhao kafedra a`zolari bilan birga bir nechta ilmiy maqolalar yozish ustida ish olib bormoqda.

 

“TURIZM VA TA’LIM INTEGRATSIYASINING ZAMONAVIY
MODELLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-ANJUMANI, 1-2- iyun 2026

№ Fayl nomi Amal
1 Axborot xati ↓ Yuklab olish
2 1-jild ↓ Yuklab olish
3 2-jild ↓ Yuklab olish