Close
Skip to main content

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 1938 yilda Xorazm o'qituvchilar instituti qoshida tashkil topgan, 1944 yilda esa o'quv dargoxi Davlat pedagogika va o'qituvchilar birlashtirilgan institutiga aylantirilgan.  60 chi yillarda XDPI qoshida tarix va filologiya fakulteti tashkil topdi, so'ngroq u Rus tili va adabiyoti fakulteti, rus filologiyasi fakulteti deb nomlandi. Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2015 yildan esa yana filologiya fakulteti tasarrufida.

Bo'limda 600 dan ziyod talaba tahsil olmoqda, ular rus va o'zbek maktablari bitiruvchilari. Kafedraga  Ruzmetov  Surojbek  Allaberganovich  mudirlik qilmoqda.

Mazkur o'quv yilida kafedrada 36 ta professor-o'qituvchi faoliyat olib bormoqda (shulardan 33 - asosiy shtatda). Shulardan;

Fan doktorlari-1, Professorlar - 1, Fan nomzodlari-11, Dotsentlar - 9, Katta o'qituvchilar - 6, Assistentlar - 9 nafar. Ohirgi uch yilda kafedraning barcha professor-o'qituvchilari malaka oshirish kurslarida ishtirok qilishdi.

Hozirda  kafedrada 4 nafar professor –o`qituvchi ilmiy faoliyatida ilmiy ish olib bormoqda. Asosan,” qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog`ishtirma  tilshunoslik  va tarjimashunoslik” yo`nalishida. So'ngi yillarda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yuzdan ortiq ilmiy maqolalar (ulardan o'ndan ortig'i - nufuzli chet el jurnallarida), uchta monografiya bitta o`qituvchilari maqolalari  to`plami  va 12 ilmiy-uslubiy maqolalar  chop qilindi.

Hozirgi kunda kafedra Astraxan davlat universiteti, Smolensk davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Udmurtiya davlat universiteti, Tomsk  davlat  universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik qilmoqda.

Kafedraning  8 nafar  professor-o`qituvchilari Sank –Peterburg  davlat  universiteti  tashabbusi bilan   tashkil  qilingan  online  malaka  oshirish  kurslarida  faol  ishtirok  etishdi.

3 ta  professor-o`qituvchi malaka  oshirish  kurslarining taqdimot marosimida qatnashish uchun   Sank- Peterburg davlat  universitetiga  taklif  qilindi  va borib  kelishdi.

Faxriy ustozlarga ehtirom

Faxriy ustozlarga ehtirom ...

2026-07-20

           Bugun Xorazm viloyati hokimligida o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, boy hayotiy tajriba ...

Batafsil

"Kitobxon talaba" ...

2026-04-15

        Bugun Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniya ...

Batafsil
To`garaklar faoliyati

To`garaklar faoliyati ...

2026-03-06

         Joriy yilning 6-mart kuni Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Jum ...

Batafsil
Talabalar turar joyiga professor - o`qituvchilar tashrifi

Talabalar turar joyiga professor - o`qituvchilar tashrifi ...

2026-02-26

         Joriy yilning 26-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fak ...

Batafsil

Ilmiy,uslubiy semenarlar hujjatlari

 Ilmiy,uslubiy semenarlar hujjatlari
Kafedrada ilmiy-tadqiqot faoliyati 2 yo`nalishda olib borilayapti: til sohasi bo`yicha “Sharqiy slavyan tillari birliklari: semantikasi va o`qitish metodikasi”, adabiyot sohasida – “ Rus adabiyoti madaniyatlar kesishuvi kontekstida”

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

O‘zbekiston, Urganch shahar, 220100, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy

  • +998 62 224 68 00
  • info@urdu.uz
  • Avtobus 7, 13, 28
Location
Copyright UrSU © — All rights reserved