Close
Skip to main content

“Biznes va boshqaruv” kafedrasi. Кafеdra 2024 yilda “Menejment va marketing” va “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralarining birlashtirilishi natijasida tashkil qilingan. Bugungi kunda kafеdrada jami 40 nafar shundan asosiy shtatda 28 nafar, ichki o`rindoshlik asosida 8 nafar, hamda tashqi o`rindoshlik asosida 4 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan 1 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodi, 7 nafari PhD ilmiy darajasiga ega.

Bugungi kunda kafedrada bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisligi bo'yicha ta'lim berilmoqda. Bakalavriat ta'lim yo'nalishi 60412500- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60411200 - Menejment: (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60410100- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410500-Bank ishi va auditi, 60411400-Inson resurslarini boshqarish. Magistratura 70412501 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) mutaxassislar tayyorlanmoqda.

 

 

Stajirovka

Stajirovka ...

2023-05-01

Urganch davlat Universiteti "Menejment va marketing" kafedrasi o'qituvchisi Xaytboyeva Nigora Innovatsion rivojlanish agentligi tomon ...

Batafsil
xorijiy hamkorlik

xorijiy hamkorlik ...

0002-02-17

Urganch davlat universiteti  Iqtisodiyot fakulteti “Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD. Behzod Qo&lsqu ...

Batafsil
Яна битта илмий ютуқ

Яна битта илмий ютуқ ...

2022-01-17

2021-yil 30-dekabr kuni Menejment va marketing kafedrasi katta o'qituvchisi Cho'ponov San'at PhD ilmiy darajasini oldi.

...

Batafsil

“Biznes va boshqaruv” kafedrasida “O‘zbekistonda tijorat banklarining kapitallashuv darajasi va depozit bazasini mustahkamlash yo‘llari”, “Mintaqani kompleks rivojlantirishda innovatsion strategiyaning o‘rni”, “Institutsional islohatlar sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish”, “Oziq-ovqat tovarlari “B2B” bozorida sotish tizimini takomillashtirish”, “Sanoat korxonalarini rivojlantirishda marketing strategiyasidan samarali foydalanish”, “Investitsion faollikni oshirish masalalari”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati”, “Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, “O‘zbekistonda turizmning istiqbolli turlarini rivojlantirish imkoniyatlari”, “Agrobiznesning rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish”, “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishni prognoz qilishning ekonometrik modellashtirish”, “Transport xizmatlari bozorini marketing tamoyillari asosida rivojlantirish yo‘llari”, “O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari” yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik, o’quv qo’llanma va monografiyalar:

1. I.Abdullaev “Marketing”. Darslik. Toshkent—2020.

2. I.Abdullaev, Sh.Ershgashxo‘jaeva “Innovatsion marketing”. Darslik. Toshkent—2021.

Professor Baxtiyar Ruzmetov tomonidan 2002 yilda «Региональная экономика: опыт, проблемы, эффективность комплексного развития», 2010 yilda «Оптимизационные задачи многоагрегатных комплексов», 2014 yilda «Эколого-экономические аспекты повышения конкурентоспособности региона в условиях модернизации национальной экономики», 2015 yilda «Устойчивое и интенсивное развитие сельского хозяйства региона на основе инновационных разработок», 2017 yilda «Межотраслевые кластеры и их влияние на рост конкурентоспособности региона» nomli monografiyalar, 2018 yilda professor Baxtiyar Ruzmetov va professor Ilyos Abdullaevlar tomonidan «Hududiy iqtisodiy tizimni rivojlanishini prognozlashning kompleks sonli ekonometrik modellari» nomli monografiya chop etilgan.


“KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI, 25-26 - aprel 2025-yil

Fayl nomi Amal
1 Axborot xati ↓ Yuklab olish
2 1-jild ↓ Yuklab olish
3 2-jild ↓ Yuklab olish

“MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI AMALGA OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIRI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI, 24-25 - aprel 2026-yil

Fayl nomi Amal
1 Axborot xati ↓ Yuklab olish
2 1-jild ↓ Yuklab olish
3 2-jild ↓ Yuklab olish