Close
Skip to main content

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi haqida

 

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 1935-yilda tashkil qilingan. Kafedraga dotsent Salomat Matkarimova rahbarlik qilmoqda. Kafedrada bugungi kunda 19 nafar professor-o’qituvchi(fan doktori – 3 nafar(16%), fan nomzodi, доцент - 8 nafar(42%), PhD, katta o‘qituvchi - 2 (10%), PhD, o‘qituvchi - 1 (5%), o‘qituvchi - 5 (26%) faoliyat ko’rsatyapti. Kafedraning ilmiy salohiyati -74%. 560 nafar talaba tahsil olyapti. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 1 ta ta’lim yo’nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish: o‘zbek tili va 1 ta mutaxassislik 5A120101- Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Xalqaro hamkorlik va chet ellar bilan ilmiy aloqalar bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Turkiyaning Karabuk universiteti, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Ozarbayjon madaniyat Markazi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorliklar mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari Bosh ilmiy metodik markaz(BIMM)da o’z malakalarini oshirib qaytdilar. So’nggi 10 yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan xorij, respublika va OTMda 800 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola e’lon qilindi, 40dan ortiq monografiya, 100 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar nashr qilindi. Kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari qator respublika va Xalqaro anjumanlarda, 2014 yil 21 dekabrda parlament saylovi, 2016 yil 4 dekabr O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylov oldi va saylov jarayonlarida faol qatnashdi.

Kafedrada 2ta ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Adabiyotshunoslik – “O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”, Folklorshunoslik – “O‘zbek folklorshunosligining dolzarb muammolari”. Fakultet o’qituvchilarining samarali mehnatlari natijasida fakultet talabalari ham bir qancha yutuqlarni qo’lga kiritishdi va kiritishda davom etishmoqda. Jumladan, Dilshod G‘ayipov, Is’haqjon Ismailov, Nasiba Sabirova, Hikmat Yusupov, Akbar Otaboyev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi bilan taqdirlandilar,  Nazokat Bobojonova(2008), Rayhon Ro‘zmetova(2010), Shahnoza Aqmanova(2011), Yodgor Xudayberganov(2021)larning qilgan ilmiy izlanish va yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib Navoiy nomidagi davlat sitipendiyasi bilan taqdirlandilar. Fakultet talabalari tomonidan yaratilgan badiiy asarlar ham O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqsinga sazovor bo’lib kelayotgani ayniqsa quvonarlidir.

2021-2022-o’quv yilida yangi - O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishining ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu yangi yo’nalishning ochilishi fakultetning obro‘sini yanada oshiradi va malakali yetuk kadrlar yetkazib berish ishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Adabiyot va ma’rifat bayrami: UrDUda Erkin Samandar tavalludining 90 yilligi nishonlandi

Adabiyot va ma’rifat bayrami: UrDUda Erkin Samandar tavalludining 90 yilligi nishonlandi ...

2025-12-23

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi ...

Batafsil

"Mushoira" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. ...

2025-12-16

Joriy yilning 16-dekabr kuni "Mushoira" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulotni "O'z ...

Batafsil

"Yosh kitobxon" to'garak mashg'uloti o'tkazildi ...

2025-12-19

Joriy yilning 19-dekabr kuni "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida "Yosh kitobxon" to'garagining navbatdagi  ...

Batafsil
Maqolalar tanlovida

Maqolalar tanlovida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari maxsus komissiya tarkibida ishtirok etishdi. ...

2025-12-23

Joriy yilning 16-22-dekabr kunlari Filologiya va san'at fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi prof. v.b ...

Batafsil

Ilmiy ishlar

O‘zbek adabiyoti kafedrasida ilmiy salohiyat 90.9%ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ilshlari olib bormoqdalar Bular:
1. O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Xorazm adabiy muhitining o‘rni. 
2. Xorazm og‘zaki va yozma adabiy manbalari. 
Kafedra qoshida muntazam ravishda ilmiy-nazariy seminar faoliyat yuritmoqda. 
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlar quyidagicha: 


1. Bekposhsha Rahimova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 79 maqola 1ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta risola, “Filmahmud” dostonini nashrga tayyorlagan. 

2. Dilshod G‘ayipov - filologiya fanlari doktori, professor. 80 dan ortiq maqola, 1 ta monografiya, 1 ta ilmiy risola, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma 2 ta uslubiy ko‘rsatmalari e’lon qilingan. Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devonini (hamkorlikda), Otaniyoz Niyoziyning she’rlaridan tashkil topgan “Jamoling orzu aylab” kitobini nashrga tayyorlagan. 

3. Salomat Matkarimova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 70 dan ortiq maqolasi, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Tabibiy – tazkiranavis” monografiyasi chop etilgan.
4. San’at Sariyev - filologiya fanlari doktori, professor. 90 ta maqola, 1ta monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiyanoma chop ettirgan. 
5. Manzura Pirnazarova - filologiya fanlari doktori, professor. 60 dan ortiq maqola, 1ta monografiyasi e`lon qilgan. 
6. I.Ismoilov - filologiya fanlari doktori, professor v.b. 68 ta maqola, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ilmiy ommabop risola nashr ettirgan.   
8. Saida Qurbonova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. 51ta maqola, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanm nashr ettirgan. 
9. Sarvar Atajonov – filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent. 30 ta maqola chop ettirgan.                                                                                                                                                                                                10. Ataxanova Venera Radjabovna - filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent. 35 ta maqola chop etgan. 

11. G'ayipova Hulkar Qo'zibayevna -  filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent. 38 ta maqola chop etgan.          

12. Atajanova Nilufar Fayzullayevna - filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent. 35 ta maqola chop etgan. 

13. Otamuratova Muyiba O'ktamovna -   o'qituvchi, 25 ta maqola chop etgan.  

14. Gulimmetova Saodatjon Samandar qizi -  o'qituvchi. 15 ta maqola chop etgan.           

15. Matnazarova Saida Satimbay qizi -   o'qituvchi. 14 ta maqola chop etgan. 

16. Xudayarova Dilnoza Shavkatovna - o'qituvchi.   30 ta maqola chop etgan. 

17. Xudoyberganov Abdulla G'afurjon o'g'li - o'qituvchi-stajor.  30 ta maqola chop etgan.

18. Yusupov Hikmat Sultonovich -  o'qituvchi-stajor.  30 ta maqola chop etgan.

19. Yuldashev Zafarbek Umrbek o'g'li - o'qituvchi-stajor.  10 ta maqola chop etgan.  

20. Samandarova Muhayyo Sultonovna - o'qituvchi-stajor.  18 ta maqola chop etgan.            

Shuningdek Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida qator respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazilib kelinmoqda: 
1. 2026-yilning 2/3-iyun kunlari Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Filologiya va san’atshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari chop etildi. 
1-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/I_JILD_Najmiddin_Kubro_Konferensiya_materiallari_Sadoqat_uchun.pdf
2-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/II%20JILD.%20Najmiddin%20Kubro.%20Konferensiya%20materiallari.pdf
2. 2025-yilning 3/4-iyun kunlari  Komil Xorazmiy tavalludining 200 yilligi va Muhammad
Rahimxon Feruz tavalludining 180 yilligi munosabati bilan “Filologiya va
san’atshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari chop etildi. 
1-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/I%20JILD.pdf
2-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/II%20JILD.pdf
3. 2024-yilning 22-23-may kunlari Avaz O‘tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Filologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari chop etildi. https://urdu.uz/user_files/user_29/AVAZ_O%27TAR_KONFERENSIYA_MATERIALLARI_FILOLOGIYA_MUAMMOLARI_2024.pdf

4. 2024-yil 15-16-aprel kunlari O‘zbek va Ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari chop etildi. 

1-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/1-jild%20oxirgi%2025.03%20%283%29%20oxirgi%20%283%29.pdf.

2-jild: https://urdu.uz/user_files/user_29/2-%20jild%2006.04.2024.OXIRGI.pdf.