Toshkеnt shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbеkiston saralash turniri o’tkazildi ...
2022-03-152022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida Butunjahon Univеrsiada musobaqasi bo’lib o’tishi bеlgilangan. Shunga ko'ra ...
Batafsil “Sport faoliyati” kafedrasi 2020 yil 2 sentyabrda tashkil topgan bo’lib hozirgi kunda 61010300 - Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo`nalishi bo’yicha) va 61010300 - Sport faoliyati (faoliyat turlari) voleybol,,basketbol,gandbol, futbol, badminton, stol tennis, erkin kurash, kurash, dzyudo, og’ir atletika yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, bolalar va o’smirlar sport maktablari uchun jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bo’yicha malakali o’qituvchi va murabbiy kadrlarni tayyorlamoqda. Shu bilan birga universitetning barcha bakalavriat yo‘nalishlarining 1-kurslarida “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
Kafedrada o’quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tadqiqot va boshqa ish turlarini qamrab olgan holda, istiqbolli va joriy yillik rejalarga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda. Kafedra barcha o’quv shakllari bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish; talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlarini muvaffaqiyatli olib bormoqda.
Kafedrada bugungi kunda 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 7 nafar katta o’qituvchi 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Xozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilaridan 3 nafari (DSc) doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 6 nafari (PhD) doktorlik ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilik asosida ish olib bormoqdalar.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim jarayonida ilmiy pedagogik faoliyat olib borishi, jismoniy tarbiya darslarida va darsdan tashqari sport faoliyatida o’qituvchilik hamda murabbiylik faoliyatini olib borish, davlat nodavlat tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo’riqchisi, sport maktab internatlarida sport turlari bo’yicha murabbiylik faoliyatini olib borish kvalifikatsiyalari ega bo’lish mumkin.
Toshkеnt shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbеkiston saralash turniri o’tkazildi ...
2022-03-152022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida Butunjahon Univеrsiada musobaqasi bo’lib o’tishi bеlgilangan. Shunga ko'ra ...
Batafsil
Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati yo'nalishi 3-kurs talabasi, Belbog'li kurash bo'yic ...
Batafsil
Urganch Davlat Universiteti Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qildi ...
2022-03-01Joriy yilning 1-6 mart kunlari Urganch davlat universiteti sport majmuasida ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatining 2-tur b ...
Batafsil
Urganch davlat universitetida 2-4 mart kunlari "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi hamkorligida&nbs ...
Batafsil