"Eko-zakovat" xalqaro musobaqasi ...
2026-06-08O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ&rsqu ...
BatafsilUrganch Davlat Universiteti rektorining 2019 yil 1 – fevral №22 sonli buyrug’i asosida Tabiiy fanlar fakultetida “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi faoliyat ko’rsata boshladi. Kafedraga q/x.f.n. dotsent Tajiyev Zokirjon Rajabovich kafedra mudirligi lavozimiga saylandi. 2020 yildan boshlab kafedraga PhD, Dotsent Bobojanova Sanobar Yuldashbayevna boshchilik qilib kelmoqda. Kafedrada jami 15 ta professor-o’qituvchi bo’lib, shundan 6 ta dotsent. E.I.Samandarov, q/x.f.n. G’.Q’Yoqubov, p.f.n. Xudayberganova O’.B., PhD. Bobojanova S.Yu., Babadjanova Sh.K., A.A.Masharipov va M.B.Doschanoza 4 ta katta o’qituvchi Mahmudova D.I., Jumaniyazova Sh.I.,Pirova M.Q.,Madrimov X., 2 nafar o'qituvchi 3 nafar stajyor o'qituvchilar faoliyat yurutmoqda. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilari turli yillarda turli-xil respublika miqyosidagi tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok qilib, sovrin va unvonlarga erishib kelishgan. Xususan, kafedra dotsenti Masharipov A.A. 2017 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi bo’lib dotsent unvonini oldi. [Biologiya fanlari nomzodi, professor Ruzmat aka Egamberdiyevning ekologiya, tibbiyot va hayot haqidagi bir qancha o’quv qo’llanma, monografiya va darsliklari chop qilingan]. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hayot faoliyati xavfsizligi sohasida har yili Universitet bo’yicha fuqorolarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi bo’yicha sinov-nazorat tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Kafedrada 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi mutaxassisligi bo’yicha bakalvrlar tayyorlanadi. Kafedrada fakultetlararo ”Hayot faoliyati xavfsizligi”, ”Fuqaro muhofazasi”, ”Ekologiya”, ”Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, ”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” va 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mutaxassislik fanlari o’qitiladi. Talabalar orasida ham respublika fan olimpiadalari va turli-xil ko’rik tanlovlar g’olib hamda ishtirokchilari tahsil olishmoqda. Xususan, Jumaniyazova Shaxnoza rahbarligida Abdullayeva R. 2018 yilda ”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishida Respublika fan olimpiadasida faxrli I o’rinni, 2019 yilda III o`rinni, Yoqubov Gayrat rahbarligida "Bologiya" yonalishi bo`yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli III orinni, Tajiyev Zokir rahbarligida "Xayot faoliyati havfsizligi" yo`nalishi bo`yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli III o`rinni olganlar , Kafedramizda 15 ta iqtidorli ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishi talabalari tahsil olmoqda.
2020 yil 30 - iyul kuni kafedra katta o'qituvchisi S.Yu.Babajanova qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi va 2020 yil 2 - sentyabridan kafedraga mudiralik qilib kelmoqda. RASM
2020 yil 31 - dekabrda kafedraning yana bir katta o'qituvchisi Sh.K.Babadjanova biologiya fanlari bo'yicha falsafa (PhD) ilmiy darajasini oldi. RASM 2
2022 yil 10- fevral kafedraning katta o`qituvchisi M.B.Docshanova biologiya fanlari bo'yicha falsafa (PhD) ilmiy darajasini oldi
2023 yil 5 avgustda kafedraning katta o`qituvchisi X.B. Rajapov iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ximoya qildi.
Hozirgi kunda
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: «Agroekologiya: ilm-fan yutuqlari va innovatsiya».
Kafedraning ilmiy salohiyati:– 40%, ulardan dotsentlar 6 ta, kafedra xodimlarining o‘rtacha yoshi – 42.4 yosh.
Himoya qilgan dissertantlar:
Babajanova Sanobar Yuldashbaevna, PhD
Babadjanova Shirin Kadamovna, PhD
Daschanova Manzura Babajanovna PhD
2023– 2024-o’quv yilida Urganch davlat universiteti Таbiiy va qishloq xo`jaligi fanlar fakulteti Ekologiya va HFX kafedrasida jami 18 nafar professor- o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedramizda 7 nafar dotsentlar, 6 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajyor o‘qituvchilar va 2 doktarant faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagilar(15nafar) hisobiga 40% ni, ichki va tashqi o’rindoshlar(18 nafar) hisobiga 33 % ni tashkil qiladi.
"Eko-zakovat" xalqaro musobaqasi ...
2026-06-08O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ&rsqu ...
Batafsil
PhD diplomi muborak bo'lsin! ...
2026-04-23Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi jamoasi kafedra katta o'qituvchisi Avezova Umida Maksudovnani 03.00.10 - Ekologiy ...
Batafsil
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI ...
2026-01-23Shu yilning 23-yanvar kuni Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi katta òqituvchisi Avezova Umida Maksudovna 03.00.10 – Ek ...
Batafsil
Ekologiya va xayot faoliyati havfsizligi kafedrasi 4 bosqich talabalarining bitiruv oldi himoyasi
... BatafsilKafedra professor-o`qituvchilarining ilmiy mavzulari va ularning rahbarlari:
1. Masharipov Adamboy Atanazarovich- b.f.d., prof, S.M. Mambetullayeva “Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari”.
2. Jumaniyozova Shahnoza Ishanquliyevna- b.f.d., prof. S.M. Mambetullayeva, “O`zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarining monitoringi va ekologik holatini baholash”.
3. Pirova Mehribon Qurbandurdiyevna -b.f.n., dots. I.Ismayilova “Madaniylashgan sharoitlarda shampinion qo`ziqorinini yetishtirishning innovatsion texnologiyasi”.
4. Doschanova Manzura Bobojonovna- b.f.d., prof. I.Abdullayev “Anacanthotermes Jacobs avlodi termitlarning ekologiyasi, xulq-atvori hamda kasalliklarga moyilligi”.
5. Matkarimov Nizomjon Baxtiyorovich - b.f.d., prof, S.M. Mambetullayeva, “Quyi Amudaryo mintaqasida mahalliy daraxt turlarining transpiratsiya jadalligini kuzatish”.
6.Madrimov Hamid Atanazarovich- prof:. I.I.Abdullayev, “Quyi Amudaryo regioni qayrag`och (Ulmis) o`simligi hasharotlari entomofaunasi va ekologiyasi”.
7.Sattarova Fazilat Yusupboyevna- t.f.n, dots.B.E.Nishonov “Xorazm viloyati ko`llarining ekologik holatini girdobiologik va girdikimyoviy baholash”.
8.Avezova Umida Maqsudovna- b.f.d., prof, S.M. Mambetullayeva “Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlarning tuproq sifatini o`rganish”.