Close
Skip to main content

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi haqida

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tarixi va ilmiy faoliyati
Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yuqori darajada rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarga mos malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 1992 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Urganch Davlat universiteti tarkibida Toshkent Politexnika universiteti fakulteti tashkil etildi. Bu fakultetga Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida arxitektura, kimyoviy texnologiya va injenerlik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan xorazmlik talabalar ko‘chirib kelindi. 1994 - yilda Urganch Davlat universitetida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti ajralib chiqdi va shu davrda «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi tashkil topdi. Kafedraning boshlang‘ich tarkibi 18 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, ulardan 6 nafari texnika fanlari nomzodlari edi. Kafedra mudiri etib kimyo fanlari nomzodi dotsent O.Qulimov tayinlandi.
Dastlabki yillarda kafedra tarkibida "Silikat va qiyin eruvchan nometal materiallar kimyoviy texnologiyasi", "Konservalash texnologiyasi", "Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish" kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi. Kafedrada laboratoriyalar tashkil etildi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish ishlariga katta e’tibor qaratildi. Kafedraning ilmiy faoliyati, shuningdek, mamlakat sanoatining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan ham shug‘ullanadi.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: neftsiz qurilish bitumlari olish texnologiyasi (t.f.d. prof Jumaniyazov M.J.), O‘rama izolyatsion materiallar olish texnologiyasi (t.f.f.d. Aitova Sh.K.) mahalliy xom ashyolar asosida kislotabardosh keramik materiallar ishlab chiqish (t.f.d. I. Boyjanov), Orolbo‘yi mintaqasining mineral-texnogen resurslaridan foydalanib issiqqa chidamli bog‘lovchi olish texnologiyasi (A.Ruzmetova), kauchuklarni vulkanizatsiyalashda organik tezlatgichlar va ular asosida kompozitsiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish (U.Kazakov), «Lyos-defekat» kompozitsiyasi asosida modifikatsiyalangan mineral bog‘lovchi va keramik gisht tarkiblarini ishlab chiqish (Sh. Masharipova), Markaziy Qizilqum fosforitlaridan azosuperfosfat olishning raqobatbardosh texnologiyasini ishlab chiqish (E. Atashev), kremnezyomli xomashyolarni qayta ishlab, shisha yuzalari uchun badiiy bezak qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish (D.Buranova), qurilish metall buyumlari yuzalari uchun oson suyuqlanuvchi shisha emallar olish texnologiyasini ishlab chiqish (Sh. Matchanova) 
Bu tadqiqotlar kafedraning ilmiy faoliyatining turli sohalardagi yirik qadamlari bo‘lib, ularning maqsadi sanoat, texnologiya va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir.
O‘quv va ilmiy faoliyat:
Kafedrada professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar xamda 3 ta xorijiy patentlar chop etmoqdalar. Shuningdek, kafedraning ilmiy ishlari va texnologik tadqiqotlari yuqori samaradorlikni ta’minlab, xalq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, balki mamlakatning sanoat va texnologik rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda. Kafedra ilmiy tadqiqotlar orqali dolzarb muammolarni hal qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirib, o‘z ilmiy saloxiyatini oshirmoqda. Bu esa o‘z navbatida, Xorazm viloyati va Respublikadagi sanoat korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga yordam bermoqda. Hozirgi kunda kafedra mudiri Aitova Shaxlo Kamilovna faoliyat olib bormorda.Kafedrada bugungi kungi  tarkibi 19 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, ulardan 16  nafari texnika fanlari doktori va nomzodlari.

Kimyoviy texnologiya kafedrasi bakalavriatda 

60710100 – Kimyoviy texnologiya (silikat materiallari),

60710100 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar),

60710100  60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar),

6072100-Gazni chukur kayta ishlash texnologiyasi v

60710100- Kimyo muxandisligi (kechki talim) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi

Magistraturada 70710101 –  Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) yo‘nalishlari mavjud.

Doktoranturada esa 020013 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

 020015 – Silikat va qiyin eriyotgan nometal materiallar texnologiyasi sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Navro'z sayli

Navro'z sayli ...

2026-03-25

 Joriy yilning 25-mart kuni Urganch davlat universiteti "Kimyoviy texnologiyalar" kafedrasida “Navro‘zni ulug‘lash ...

Batafsil
Kafedra seminari

Kafedra seminari ...

2026-03-28

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Kazakov Umrbek Allaberganovichning "Gazlarni ajratishni zamonaviy metodlari" mavzusi ...

Batafsil
Kafedra yutuqlari

Kafedra yutuqlari ...

2026-03-11

Kuryazov Zokir Matkarimovichning kimyo fanlari doktori (DSc) 100 foiz ovoz bilan himoya qildi

...

Batafsil
 “Biznes marafon”

“Biznes marafon” ...

2026-03-13

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba-yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalar ...

Batafsil
Ixtirochilar

Ixtirochilar ...

2026-02-27

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi dotsenti E.Atashev hamda yosh tadqiqotchilar bilan mazmunli suhbat tashkil etildi. Unda bugungi kunda olib borila ...

Batafsil
Kafedra faoliyati

Kafedra faoliyati ...

2026-02-13

Xorazm telekanalining “Xayrli kun” ertalabki dam olish dasturining “Ixtirochilar” sahifasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Ur ...

Batafsil
Kafedra seminari

Kafedra seminari ...

2026-02-09

2026 yil 9-fevral   kuni soat 16:00 da Kimyoviy texnologiyalar  fakulteti 210-xonada “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi ...

Batafsil
Kafedra seminari

Kafedra seminari ...

2026-01-21

2026-yil  21-yanvar sanasi  kunlari  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar  fakulteti ...

Batafsil
Kafedra seminari

Kafedra seminari ...

2026-01-22

2026-yil  22-yanvar sanasi  kunlari  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar  fakulteti ...

Batafsil
Tabriklaymiz

Tabriklaymiz ...

2026-01-24

Allamov Raxmatulla Gulmirza o‘g‘lining 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘y ...

Batafsil
Milliy liboslar kuni

Milliy liboslar kuni ...

2026-01-16

Milliy liboslar — xalqimizning boy madaniyati, ko‘p asrlik tarixi va bebaho qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Har bir libosda ...

Batafsil
Yil sarhisobi

Yil sarhisobi ...

2025-12-29

Kengash yig‘ilishi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ilmiy-innovatsion faoliyatni yuksaltirish, ilmiy-tadqi ...

Batafsil
Kafedra yutuqlari

Kafedra yutuqlari ...

2025-12-29

Kengash yig‘ilishida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “2025-yilning eng faol kafedrasi” tanlovining &ldq ...

Batafsil
 “Akademik va yoshlar” uchrashuvi

“Akademik va yoshlar” uchrashuvi ...

2025-12-10

Bugun, 10-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Fa ...

Batafsil
Innovatsion loyiha

Innovatsion loyiha ...

2025-12-02

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetining 4-kurs talabasi Dilnoza Davletova tomonidan chiqindil ...

Batafsil
O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari

O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari ...

2025-11-12

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi mudiri Aitova Shaxlo Kamilovna  "Innovasio ...

Batafsil
Xitoylik professor UrDU talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Xitoylik professor UrDU talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda ...

2025-11-21

Urganch davlat universiteti xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish borasida izchil faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, Xitoyning nufuzli Xiamen univer ...

Batafsil
“Atrof-muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili”

“Atrof-muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili” ...

2025-12-16

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kim ...

Batafsil
Dual ta'lim

Dual ta'lim ...

2025-12-09

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida darslar muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

...

Batafsil
Tabriklaymiz

Tabriklaymiz ...

2025-12-23

Kuryazov Zokir Matkarimovichning kimyo fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

...

Batafsil

Kimyoviy texnologiya kafedrasining professor-o`qituvchilarining ixtiro patentlari:

Maqsud Jabbiyevich Jumaniyozov, Aitova Shaxlo Kamilovna: Bitum-polimer kompozitsiya https://im.adliya.uz/document/check/b50c3091-0e7f-4962-8a2f-ca2918a291a3

Maqsud Jabbiyevich Jumaniyozov, Bekberganova Durdona Davronbek qizi: Zanga qarshi qoplama tarkibi https://im.adliya.uz/document/check/cebcf957-901f-44d6-9cbc-54ce3a0e9d78

Matchanov Sherzod Kamilovich : Alyuminiy oksidi kukunini olish usullari. https://im.adliya.uz/document/check/0bce3ceb-9279-4b7b-91a7-facfa58d79de

Maqsud Jabbiyevich Jumaniyozov, Aitova Shaxlo Kamilovna: Bitum-polimer kompozitsiya Evraasiya patentfile:///C:/Users/user/Downloads/Telegram Desktop/202492658-PATENT-INV-2025-10-08 (2).pdffile:///C:/Users/user/Downloads/Telegram Desktop/202492657-PATENT-INV-2025-09-23.pdf

 

— All rights reserved