Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University


Yosh jurnalistlar to‘garagi boshlanmoqda!

Yosh jurnalistlar to‘garagi boshlanmoqda!

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan "Men ham jurnalist boʻlaman"  ijodiy to‘garagining dastlabki uchrashuvi va mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. 

⏰ To'garakning ilk uchrashuvi 11-noyabr kuni soat 11:00 da Urganch davlat universiteti yangi Axborot-resurs markazining 5-qavatidagi konferensiyalar zalida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv davomida talabalar taniqli jurnalistlar Dilbar Bekchanova va Muhabbat To'rabayeva bilan bevosita muloqot qilish, ularning tajribasi va kasbiy faoliyati haqida eshitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu to‘garak jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar uchun o‘z iqtidorini namoyon etish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va soha mutaxassislari bilan yaqindan tanishish uchun muhim maydondir.

 To‘garakka a’zo bo‘lgan barcha talabalarni ushbu ilk mashg‘ulotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!