Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti "Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakulteti "Dasturiy injiniring" kafedrasi
Dasturiy injiniring kafedrasi tarixi...
“Dasturiy injiniring” kafedrasi 2015-yilda “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatining ilk kunlaridan boshlab zamonaviy dasturlash, tizimlar arxitekturasi va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kafedra qisqa vaqt ichida ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik va talabalarning yirik musobaqalardagi muvaffaqiyatlari bilan fakultetning eng faol va yetakchi bo‘linmalaridan biriga aylandi.
2015–2016-yillarda kafedraga Xo‘jayev Otabek rahbarlik qildi. Kafedraning birinchi rahbari sifatida asosiy tashkiliy jarayonlarni yo‘lga qo‘ydi, ta’lim yo‘nalishining dastlabki o‘quv rejalarini shakllantirdi va kafedraning metodik bazasini yaratishga asos soldi.
2015–2019-yillarda kafedraga t.f.n., dotsent Firnafas Yusupov boshchilik qildi. Uning boshchiligida kafedra jadal rivojlandi, ko‘plab talabalar respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada va tanlovlarda muvaffaqiyat qozondi. Mazkur davrda davlat stipendiyalarining bir nechta sovrindorlari yetishib chiqdi. Dasturlash bo‘yicha muntazam tayyorgarlik jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
2019–2021-yillarda kafedraga PhD Dilshod Kuryazov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedra xalqaro universitetlar bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uning ilmiy salohiyati va tashabbuslari tufayli xorijiy loyihalar bilan aloqalar mustahkamlandi, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratildi.
2021–2023-yillarda kafedra San’atbek Masharipov tomonidan boshqarildi. Uning rahbarligi davrida talabalar ICPC dasturlash bo‘yicha Evro–Osiyo finallarida muntazam qatnashib, mamlakat sharafini munosib himoya qildilar. Kafedraning musobaqaviy ruhini mustahkamlash, yangi to‘garaklar va o‘quv jarayonlarini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
2023–2024-yillarda kafedraga PhD Oybek Allamov rahbarlik qildi. U boshchilik qilgan yilda kafedraning xalqaro faoliyati yana-da kengaydi. Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Oldenburg Universiteti bilan talabalar va xodimlar almashinuviga doir grant muvaffaqiyatli qo‘lga kiritildi. Xorijiy hamkorlikning yangi bosqichi boshlab berildi.
2024–2025-yillarda kafedraga Xo‘jamuratov Bekmurod boshchilik qildi. Uning boshqaruvi davomida kafedra ichki intellektual salohiyat va innovatsion faoliyatga e’tibor qaratdi. O‘qituvchilar respublika va xalqaro darajadagi loyihalarda faol ishtirok etishdi, yangicha didaktik yondashuvlar tatbiq qilindi.
2025-yildan hozirgacha kafedra mudiri lavozimida PhD Oybek Allamov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraga qayta rahbar etib tayinlangan Oybek Allamov tomonidan xalqaro hamkorlik, ilmiy loyihalar va innovatsion ta’lim jarayonlari yana-da chuqurlashtirildi. Bugungi kunda kafedra uning boshchiligida zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya va ilg‘or dasturlash bo‘yicha yetakchi markazlardan biriga aylanmoqda.