Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет


"Mushoira" to'garagi

"Mushoira" to'garagi

Joriy yilning 24-sentabr kuni "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida tashkil qilingan "Mushoira" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. To‘garak rahbari M.Otamuratova so‘zga chiqib, Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida qalam tebratayotgan ijodkorlar Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Salim Ashur, Zebo Mirzo, Halima Ahmedova kabi ijodkorlarning badiiyat namunalaridan she’rlar tahlil qilindi. Ularning asarlarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar, mavzular va obrazlar tizimi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Jarayon davomida to‘garak a’zolaridan uch nafarining she’riy va nasriy asarlari, istiqlol davri o‘zbek she’riyati vakillarining ijodini yoritgan maqolalari tahlil qilindi. To‘garak davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.