Tuproqshunoslik — tuproqning kelib chiqishi (genezisi), tarkibi, tuzilishi, fizik, kimyoviy va biologik xossalari hamda unumdorligini o‘rganadigan fan. U tuproq hosil bo‘lish jarayonlari, gumus to‘planishi, sho‘rlanish, degradatsiya va meliorativ holatni tadqiq qiladi.
Maqsadi: tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash.
Vazifalari:
-
Tuproq xossalarini aniqlash va baholash;
-
Mexanik tarkib, pH, gumus, EC kabi ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
-
Tuproq xaritalarini tuzish va monitoring olib borish;
-
Degradatsiya (eroziya, sho‘rlanish) jarayonlarini aniqlash va oldini olish.