Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Kitob-bilim bulog'i


Ruhiyatimizni hech narsa kitobchalik, o‘qish-o‘rganish, mehnatchalik muvozanatga, to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Hattoki, intellektual rivojlanishda ham kitob eng asosiy o‘rin tutadi. Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zini yaxshi tomonga o'zgartirish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Hayotda inson yolg‘iz o‘zi yashay olmaydi. Albatta, atrofidagi odamlar bilan munosabatda bo‘ladi. Ana shu munosabatlarda qiynalgan, to‘g‘ri yo‘l izlagan paytda suygan kitobimizga murojaat qilamiz. Ba’zan ulardan quvvat olib, tog'ri yo‘lni o'zimiz uchun lozim tutamiz. Demak, biz avvalo kitobdan ilmni, sabrni, insonlar bilan go'zal muomalada bo'lishni hamda kechirimli bo'lishni o'rganamiz.   Buyuk shoir va mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy: "Kitob - beminnat ustoz. U har daqiqa bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi", degan edilar. Ushbu purma'no  so'zlarning mazmunini anglagan universitet pedogogika fakultetining 4-bosqich talabalari Urganch shahridagi 6-sonli maktabda "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish,ularni kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish" maqsadida "Kitob-bilim bulog'i" mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan tashkil qilingan kitobxonlikka undovchi sahna ko'rinishlar yig'ilganlarda kitobga bo'lgan muhabbatni yanada yuksalishiga xizmat qildi.

Share