Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



YOSHLARGA E’TIBOR – KELAJAKKA ZAMINDIR


Vatanimiz kelajagida yoshlarni o‘rni beqiyos. Ularni kasbga yo‘naltirish, sohaga moslashtirish uchun bugun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ham Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti  “Elektr texnika, elektr mexanika va elektr texnologiyalar” yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida talabalar jamiyatda tashkil qilingan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Elektr energiya tizimining qay tartibda joriy etilgani, unda yuzaga keladigan jarayonlar haqida jamiyat rahbarlari alohida to‘xtalib o‘tdilar. Talaba yoshlar jamiyat tashriflarini  “Tezkor dispecherlik xizmati” xonasidagi ish jarayoni bilan tanishishdan boshladilar. Xizmat xonasidagi tashkil qilingan mehnat jarayoni ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, soha mutahassislari bilan suhbatdan keyin ular yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Urganch shahridagi “Toza buloq” nimstantsiyasidagi keyin tashrif ayniqsa, qiziqarli bo‘ldi.

Share