Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universitetida "Buvijonim kiygan liboslar" kiyimlar ko‘rgazmasi va bellashuv o‘tkazishdi


3 mart kuni Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida UrDU, TATU hamda TTA Urganch filiali  Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari dots. Sh.Q.Nurullaeva, k.o‘.G.Abdullaeva, k.o‘.F.Atajonovalar hamkorligida "Buvijonim kiygan liboslar" kiyimlar ko‘rgazmasi va bellashuv o‘tkazishdi. Ushbu ko‘rgazma 4 shart: 1. Oliy ta’lim muassasi formasi; 2. Milliy, kundalik va oqshom liboslari; 3. Tanqidiy sahna ( qizlarning odob-ahloq qoidalariga zid kiyinishini qoralovchi tanqidiy sahna asari) nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi. Ko‘rgazma-bellashuvda Urganch davlat universiteti "Qizlarjon" klubi faollari "Eng chiroyli milliy kiyim", TATU Urganch filiali "Eng chiroyli oqshom libosi", TTA Urganch filiali "Eng chiroyli kundalik libos" nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldilar. Ko‘rgazma ishida universitetdan  pedagogika, tarix, horijiy filologiya, filologiya, san’atshunoslik, turizm va iqtisodiyot fakulteti "Qizlarjon" klubi a’zolari faol ishtirok etdilar va g‘oliblar universitetimiz fahriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Share