Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida go‘zal kuy-qo‘shiqlar va raqslarga boy tadbir bo'lib o'tdi


8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami diyorimizda juda ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Bayram tadbirlari barcha korxona-tashkilotlar, o‘quv muassasalarida o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. Shu jumladan, bizning universitetimizda ham bayram tantanalari  7 mart kuni o‘ziga xos tarzda tashkil qilindi. Universitetimizda ko‘p yillar mehnat qilib, endilikda faxriylik gashtini surayotgan ustoz onaxonlarimiz va bugungi kunda muassasamizda faollik ko‘rsatib kelayotgan pedagog-ayollar uchun to‘kin dasturxonda, bir piyola choy ustida suhbatdan boshlangan bayram tadbiri, oliygohimiz madaniyat saroyida go‘zal kuy-qo‘shiqlar va raqslarga ulanib ketdi. Talabalar tomonidan ijro qilingan sahna ko‘rinishlari, onalarga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar barchada chuqur taassurot qoldirdi. Yuksak bahoriy kayfiyat, dillarga quvonch va surur baxsh etgan bu bayram barcha ayollarimizga manzur bo‘ldi. Bayram tadbiri nihoyasida mehmonlarga atalgan faxriy yorliq va sovg‘alar ulashildi. Bayram tadbiri juda maroqli va yuksak darajada o‘tdi.

Share