Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



"Yashash zavqi-shukronalik" mavzusida universitet madaniyat saroyida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2020 yil 13 mart kuni Xorijiy filologiya fakulteti talaba yoshlari va "Yashash zavqi- shukronalik" mavzusida universitet madaniyat saroyida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Matkarimov S.R. ushbu hafta uchun ajratilgan axborot va murabbiylik soati ma’lumotlarini, hafta davomida yurtimizda sodir bo‘layotgan siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy jarayonlarni yoritib berish bilan boshladi. Uchrashuvda Xorijiy filologiya fakulteti xotin qizlar qo‘mitasi raisi R.X. Abidova, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi M.I. Atajonova, Z.M. Matyoqubov, va uchrashuvda qatnashgan barcha guruhlar murabbiylari va shuningdek, psixologiya kafedrasi dotsenti B. Bobojonova ishtirok etdilar. Uchrashuvda bugungi kunda barchamizning diqqat markazimizda turgan koronovirusning yuqush va undan saqlanish yo‘llari haqida respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan videorolik va slaydlar taqdimoti namoyish qilindi. Psixolog ustoz B. Bobojonova talaba yoshlarimizga "Yashash zavqi- shukronalik" mavzusidagi taqdimotini namoyish qilar ekan, mavzu mohiyatini  hayotdan zavq olib yashashimiz uchun mavjud bo‘lgan  minglab sabablar keltirib yoritib berdi. Uchrashuv so‘ngida  talabalar  mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Uchrashuv jonli muloqot tarzida o‘tdi.

Share