Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



“Korruptsiya-jamiyat kelajagiga tahdid” mavzusida videokonferentsiya boʼlib oʼtdi


2020-yil 22-may kuni Urganch davlat universitetida Maʼnaviyat kunlari tadbirlari doirasida Pedagogika fakulьtetida ZOOM dasturi orqali “Korruptsiya-jamiyat kelajagiga tahdid” mavzusida videokonferentsiya boʼlib oʼtdi.Unda Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori t.f.d. S.R.Davletov, Xorazm viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʼlimi xodimi Z.K.Raximov, Pedagogika fakulьteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari X.Siddiqov, gurux murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi. Onlayn konferentsiyada korruptsiya – vayronkor kuch ekanligi, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga misli koʼrilmagan darajada putur yetkazuvchi illatligi, uning oqibatida ijtimoiy tengsizlik chuqurlashishi, jamiyatda maʼnaviyat ustunlarining buzilishi yuz berishi taʼkidlab oʼtildi. Onlayn konferentsiyada professor-oʼqituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Share