Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida,  Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarni qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq, tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlarning 29 nafari Urganch davlat universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.

Ushbu yutuq bilan barcha grant sohibalarini samimiy  qutlaymiz. Bu dargohda chuqur bilim olib, davlatimiz va qolaversa, ustozlar bergan ta’lim-tarbiyasi hamda ishonchini oqlab, kelajakda o‘z kasbingizni mohir mutaxassisi bo‘lib, yurtimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

"Men Bobojonova Hilola Urganch davlat universitetining talabasi, bo`ldim. Avvalo,  biz yoshlarga o`qish va izlanishlarimiz uchun keng sharoit yaratib bergan , muhtaram yurtmoshimizga o`z tashakkurimni isxor qilaman.  Xotin-qizlarni oliy ta'lim muassasalariga qo`shimcha davlat  granti asosida qabul qilish to`g`risidagi  farmon, biz yoshlarga yanada shijoat bahsh  etdi. Men shuni ishonch bilan aytamanki, kelajakda o`z kasbimning mohir egasi bo`lib, yurtimiz sha`nini  dunyolarga taratib, vatanim uchun kerakli shaxs bo`lib yetishib, prezidentimning ishonchini oqlashga va'da beraman".

UrDU Matbuot xizmati

Share