Close
Skip to main content

Kafedra mudiri, f.f.n., professor Ermetova Jamila Ismailovna 2006 yilda OʼzMU f.f.d., professor Oʼtkir Qurbanovich Yusupov ilmiy rahbarligida “Ingliz tilida sabab munosabatlarini ifodalovchi vositalar” mavzusida 10.02.04. – German tillari (ingliz tili) ixtisosligi boʼyicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi, 2012 yildan dotsent unvonini oldi va “Ingliz tilida sabab maydoni” nomli monografiyasini chop qildirdi.

f.f.b.f.d. (PhD) Qalandarov Oybek Roʼzimovich 2022 yil f.f.n., dotsent Oʼ.U. Usmanov rahbarligida “Ingliz va oʼzbek tillarida komparativlik kategoriyasi ifodalanishining sintaktik-semantik xususiyatlari” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, PhD filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor boʼldi.

f.f.b.f.d. (PhD) Masharipova Nargiza Otaxanovna 2022 yil DSc, professor J.Sh.Jumabaeva ilmiy rahbarligida “Ingliz va oʼzbek tillarida soʼzlararo maʼnoviy munosabatlar“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor boʼldilar.

f.f.b.f.d. (PhD) Karimova Farogʼat Sattorbergan qizi 2023 yil f.f.n., professor J.I.Ermetova rahbarligida “Ingliz va oʼzbek tillarida allalarning maʼnoviy –uslubiy va lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor boʼldilar.

f.f.b.f.d. (PhD) Jumatov Rashid 2023 yil f.f.n., professor J.I.Ermetova rahbarligida “Qardosh boʼlmagan tillar tizimida toponimlarning qiyosiy-funktsional tadqiqi (ingliz va oʼzbek tillari misolida)” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, PhD filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor boʼldilar.

p.f.f.d. (PhD) Baydjanova Iroda Abdullayevna 2023 yil p.f.d., professor  Xajieva Maksuda Sultanovna rahbarligida “Zamonaviy jamiyatda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’naviy axloqiy mas’uliyatini oshirishning pedagogic mexanizmlari” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, PhD pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor boʼldilar.

Katta oʼqituvchi Ruzmetova Ozoda Аlimovna 2023 yil f.f.n., professor J.I.Ermetova rahbarligida “Matematikaga oid terminlarning derivatsion va leksikografik xususiyatlari (ingliz va oʼzbek tillarida)” mavzusida ilmiy seminardan oʼtdi.

Kafedra katta oʼqituvchilari: Ravshanbek Yuldashovich Oʼrazmetov, Surayyo Raximbaevna Аtajanova, Roxatoy Xudayberganovna Аbidova, Xilola Kadambaevna Raximova, oʼqituvchilar: Zamira Аbdullaevna Poʼlatova, Sanobar Madaminovna Raxmanova, Baydjanova Iroda Аbdullaevna,Ruzmetova Ozoda Alimovna, Shamuratova Intizor Bekchan qizi, Matyoqubov Zoxid Moʼminbaevich, Yusupova Nargiza Jumabaevna, Jumaniyazova Nasiba,  Sultanova Durdona Аxmedjanovna  stajyor-oʼqituvchilar: Masharipova Valentina Sergeevna, Erkinova Lutfiya, Surmilova Yelena Аlekseevna, Xusinova Shaxodat Xusin qizi, Raximova Indira, Bekchanova Hilola Dmitrievna, Doʼsmetova Saodat, Musaev Farxod, Sapaeva Bibijan Rustamovna va boshqalar kafedra tarkibida faoliyat olib bormoqdalar.

2024-yil 22-23-oktabr kunlari Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari va til ta’limida lingvodidaktik yondashuvlarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi. Unda jahon tilshunosligi, adabiyotshunosligi, tarjimashunosligi va xorijiy tillar metodologiyasining dolzarb muammolari yoritilgan va ularga muayyan yechimlar ham topilgan. Mazkur konferensiya toʻplami qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohasida tadqiqot olib boruvchi ilmiy izlanuvchilarga moʻljallangan.

2025-yil 24–25-oktabr kunlari zamonaviy va chog‘ishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima, madaniyatlararo muloqot va lingvodidaktik yondashuvlarga oid muammolar muhokama qilindi. Mazkur to‘plam ushbu sohalarda tadqiqot olib boruvchi ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

2023-yil 19–20-may kunlari “Zamonaviy va chog‘ishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda zamonaviy tilshunoslik, chog‘ishtirma tadqiqotlar, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur to‘plam ushbu sohalarda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

2023-yil 16-17-noyabr kunlari "XXI asr tilshunoslikning dolzarb masalalari va xirijiy tillarni o'qitishda innovatsion pedagogik yondashuvlar" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o'tkazildi. Unda  qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik,tilshunoslik, adabiyotshunoslik,a tarjimashunoslikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur to‘plam ushbu sohalarda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

2025-yil 20-fevral kuni "Innovating Education: Advancing CLIL for global learning and collaboration" mavzusida xalqaro CLIL konferensiyasi o'tkazildi. Bunda til o'qitish metodikasi bo'yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi va ushbu sohalarda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun foydali bo'ldi. 

2025-yil fevrak oyida “Integrating Skills into University Curriculum: Global to Local Perspectives” mavzusidagi ikki kunlik xalqaro konferensiya materiallari asosida tayyorlangan. To‘plamda oliy ta’lim tizimida kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni o‘quv dasturlariga integratsiya qilishning dolzarb masalalari yoritilgan ilmiy maqolalar jamlangan. Unda Hindiston, O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Ummon Sultonligi hamda boshqa davlatlarning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy ishlari o‘rin olgan. Nashr ta’lim, til o‘qitish metodikasi, ijtimoiy-gumanitar va boshqa fan yo‘nalishlariga oid zamonaviy ilmiy izlanishlarni qamrab oladi. To‘plam xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu nashr ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlar uchun muhim ilmiy-manba sifatida tavsiya etiladi. Mazkur konferensiya to‘plami zamonaviy, ko‘nikmaga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim nashrlardan biri hisoblanadi.