Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlaridagi “Урганч Давлат Университети олдидаги холат қачон яхшиланади?” sarlavhali  post yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT                       

Xabaringiz bor, 2023-2024 o‘quv yilidan e’tiboran Urganch davlat universiteti talabalari uchun qulaylik yaratish maqsadida universitetning asosiy binosi hududida avtobekat tashkil qilinib, hozirda avtobuslarning qatnovi tumanlardan universitetga qadar yo‘lga qo‘yilgan. 

Shuningdek, talabalar xavfsizligini ta’minlash, kirish-chiqish joyidagi tirbandlikni bartaraf etish, qolaversa, tumanlardan qatnaydigan talabalar avtomashinalar qatnovi zich bo‘lgan yo‘l bo‘yida avtobus kutib turmasliklarini inobatga olib, universitet hududidagi avtoturargohdan avtobuslarga o‘tirib, uylariga qaytishlari uchun  oliygohning asosiy hududiga kirib-chiqish harakati avtobekat tomoniga ko‘chirildi. 

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, universitet hududiga kirish-chiqish darvozalarining har birida Milliy gvardiya xodimlarining nazorati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olishga xizmat qilmoqda. 

Bugungi kunda Urganch davlat universitetida 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Bir kun mobaynida asosiy bino hududiga 12 ming nafardan ziyod talaba kirib chiqadi. Bu ko‘rsatkichni bir paytni o‘zida tahlil qiladigan bo‘lsak, 6 mingdan ortiq talabaga to‘g‘ri keladi. Universitet ma’muriyati ushbu holatni inobatga olib, tirbandlikni oldini olish maqsadida Ijtimoiy-ijqisodiy fanlar fakultetining ro‘parasidagi darvozadan ham kirib-chiqish harakatini  yo‘lga qo‘ydi. 

Shu o‘rinda, keng jamoatchilikka mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan norozilikdan so‘ng emas, aslida universitet rahbariyati tomonidan bu masala ko‘rib chiqilib, allaqachon hal etilganini ma’lum qilamiz. 

Bugun yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Urganch davlat universitetida ham talaba-yoshlar uchun qulay imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Universitetda amalga oshirilgan har bir islohot – bu albatta, talabalarning manfaatini ko‘zlab qilinadi. 

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati

Share