Close
Skip to main content


Ekspertlar universitetning moddiy-texnik bazasi va ta’lim infratuzilmasini o‘rgandilar


Bugun Urganch davlat universitetida yangi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari doirasida ekspertlar tomonidan oliygohning mavjud infratuzilmasi va ta’lim muhiti atroflicha o‘rganildi.

Jarayon davomida ekspertlar o‘quv va laboratoriya xonalari, Registrator ofis faoliyati bilan tanishdilar. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur jihozlar, texnik vositalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mavjudligi va ulardan foydalanish holati o‘rganildi.

Shuningdek, universitetda inklyuziv ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi. Talabalar turar joyidagi sharoitlarga e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari, ekspertlar universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, ta’lim dasturlariga mos o‘quv adabiyotlari fondi, elektron kutubxona, kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quv zallari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

















                                                                                                                                                                                 

Share