Close
Skip to main content


Yoshlar asraydi Vatanni


Ma’lumki, universitetimiz rektori Feruza Madrahimova hafta davomida talabalar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda odatda yoshlarning taklif-mulohazalarini tinglamoqda. O’tgan hafta bo’lib o’tgan uchrashuvlarning birida Xorijiy filologiya fakulteti talabalari tomonidan “Yoshlar asraydi Vatanni” shiori ostida tadbir tashkil etilishi va ushbu tadbirda rektorni ham ishtirok etishga takif qilingan edi.

Bugun fakultet tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda, talabalar taklifiga binoan rektor Feruza Madrahimova ham ishtirok etdi. Tadbirni ochib berishda rektor yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash hamda ularning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga urg’u berdi.

Tadbir davomida vatanparvarlik g’oyalari aks etgan talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi. Ayniqsa, talaba yigitlarning harbiy-vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda QVZ jamoasining quvnoq chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida fakultetda o‘zining namunali xulqi, o‘quv jarayonidagi yuqori natijalari, jamoat ishlaridagi faolligi hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh iqtidorli talabalarning Ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.



















Share