Close
Skip to main content


Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi boshlandi


Buxoro davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xususan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ishtirok etmoqda.

Ushbu rektorlar forumi oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish yo‘lida muhim xalqaro platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Birozdan so’ng, Turkiya va O’zbekiston OTMlari o’rtasida hamkorlik shartnomalari imzolash jarayoni bo’lib o’tadi.