Close
Skip to main content


Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika turniri o‘tkazildi


Urganch davlat universitetida atoqli matematik olim, akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika fani bo‘yicha “Xotira turniri” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli turnirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 60 nafarga yaqin matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida yosh matematiklar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va mustahkam bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli hamda murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Azimboy Sadullayevning boy ilmiy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

Yozma ishlar natijalariga ko‘ra turnir g‘oliblari aniqlandi. Taqdirlash marosimida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, ularni bilim olish sari yetaklagan ustozlariga Tashakkurnomalar topshirildi.