Close
Skip to main content


🌿 “EKOLOGIYA BILIMDONI” — TABIATGA E’TIBOR, KELAJAKKA MAS’ULIYAT! 🌍


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son qarori hamda uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni” mavzusida tanlov tashkil etildi.


🧠 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirish, tabiatni asrash, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

🌱 Bellashuvda 3 ta jamoa o‘z bilim va salohiyatini namoyish etib, ekologiyaga oid savollarga javob berdilar hamda o‘zaro bilim sinashdilar.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Eko life” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! G‘olib jamoani samimiy muborakbod etamiz!

💚 Tabiatni asrash — bugunning vazifasi, kelajak avlodlar oldidagi burchimizdir!

🌐 Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti