Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



ALISHER NAVOIY – ULUG‘ SHOIR, BUYUK MUTAFAKKIR VA DAVLAT ARBOBI

9-fevral, xalqimizning onggi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, shon-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkori Hazrat Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga 580 yil to‘ladi.

Ana shu qutlug‘ kun munosabati bilan 2021-yilning  5-fevral kuni  Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida "Alisher Navoiy – ulug‘ shoir, buyuk mutafakkir va davlat  arbobi" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. 

Unda viloyat hokimligi vakillari, Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari,  Alisher Navoiy ijodining ixlosmandlari ishtirok etdilar. Konferensiyaga Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov moderatorlik qildi. 

Tadbirni UrDU rektori, fizika-matematika fanlari doktori B.Abdullayev ochib berib, Navoiy dahosining ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni haqida fikr yuritdi. 

Ilmiy-amaliy konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlar, jumladan, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo'yicha viloyat hokimi maslahatchisi R.Xudoyberganov, Filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi H.Abdullayev,  Filologiya fanlari doktori, dots. A.O‘razboyev, shoir Sotim Avaz, shoir Otabek Ismoil kabi Navoiy ijodi ixlosmandlari so`zga chiqib, ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganini e’tirof etdilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya o`z ishini sho`balarda davom ettirdi.

Ulashish: