Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



OLMOS ISTE’DOD SOHIBI BOBUR

Buyuk shoir, tarixchi, tarjimon, mohir sarkarda, atoqli davlat arbobi, Boburiylar davlati asoschisi, o’zining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ siymo Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan 2021-yilning 12-fevral kuni buyuk shoir ijodiga bag`ishlangan “She’riyat shohsupasi” ko’rik-tanlovi bo`lib o`tdi. 

Unda Filologiya fakultetining  ilg`or, iste`dodli va adabiyotning chin muhlislari she`riyat maydonida bahsga kirishdilar.Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori  B.Abdullayev ochib berdi. 

Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan Bobur ijodiga mansub g`azal va ruboiylar, sahna ko`rinishlari, kuy-qo`shiqlar yig`ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. Ularning har bir chiqishlarida Bobur qalbidagi Vatan sog`inchi, ona yurt qadri, uni asrab-avaylash tuyg`usi aks etdi.

Tadbirni har bir ishtirokchisi buni chuqur his qilib, ushbu chiqishlar ularni  Vatan madhi yo`lida yanada birlashishlariga xizmat qildi.

Ko`rik-tanlov ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay`ati tomonidan munosib baholab borildi. Tadbir so`nggida tanlov g`oliblari hamda kechaning  faol talabalariga UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov, Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov tomonida Faxriy yorliqlar topshirildi.

​Adabiy-badiiy kecha juda ko`tarinki ruhda, jo`shqin kayfiyatda bo`lib o`tdi. Ayniqsa, tadbir yakunida talabalar jo`rligida ijro etilgan Vatan madhi haqidagi qo`shiq barchani qalbida milliy g`urur, Vatanga bo`lgan muhabbat, faxr va iftixor tuyg`usini yanada to`lqinlantirdi.

Ulashish: