Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



AYOLGA BAXT BERING, SAODAT BERING…

2021-yilning 6-mart sanasi go‘zallik, latofat, mehr-u muhabbat, ishda faollik egasi bo‘lmish Urganch davlat universiteti ayol professor-o`qituvchilari, xodimlari uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Universitet rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ayol-muhabbat timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha va  to‘kin dasturxon atrofida yanada fayzli va xursandchiliklarga boy davom etdi. Davraning ko‘rki bo‘lgan faxriy ustozlarimiz yuzida tabassum, dilida shukronalik barq urib,  shogirdlar qalbini quvonchga to‘ldirdi. 

Shuningdek, tadbir avvalida universitetning o`quv, ma`naviy-ma`rifiy va ilmiy ishlarini samarali tashkil etishdagi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun bir guruh  ayol professor-o`qituvchilar hamda xodimlarning universitet rektorining Faxriy yorlig`i bilan  taqdirlanishi, ayollarimizga yanada shijoat, kuch-g`ayrat, kasbga muhabbat hamda o`ziga ishonch hissini oshirib, qalblariga xushnudlik olib kirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4708-sonli Qaroriga muvofiq, Urganch shahrida joylashgan oliy ta`lim muassasalari talaba-qizlari o`rtasida o`tkazilgan “Matematika” fani olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi ham bayram tadbiriga o`zgacha jo`shqinlik olib kirdi. Eng quvonarlisi shundaki, uchala o`rin sohiblari ham  Urganch davlat universiteti talaba qizlaridir.  

​Ayol e’tibordan yasharadi, mehrdan yashnaydi. Ushbu bayram dasturi barchaning xotira daftarini chiroyli sahifalar bilan bezadi deya ayta olamiz.

Ulashish: