Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “JAHOLATGA QARSHI MA`RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO`LIB O`TDI.

Bugungi kunda  yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o`zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog`lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to`g`risida g`amxo`rlik qilish ustuvor maqsadimizdir.

2021-yil 29-mart kuni Urganch davlat universitetining Madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi davra suhbati ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. 

Universitet professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokidagi ushbu tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berdi. 

Tadbirga Ar-Roziy Islom bilim yurti mudiri D.Abduqodirov, Urganch shahar Bosh imomi, viloyat Imom xatibi o`rinbosari H.Kenjayev, viloyat IIB xodimi E.Safayev hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari  tashrif buyurib, mavzuga doir ma’ruzalari, fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda so`zga chiqqanlar “Jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib, yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan, kelajak barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgani, qolaversa, yoshlarning ilm-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Ma’rifat inson ma’naviyatining cho`qqisi bo`lsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir. Asosiysi, har qanday jamiyatda, har qanday sharoitda jaholatga qarshi kurashning asosiy vositasi kitobxonlikdir.

Ulashish: