Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universitetida "Yoshlarni giyohvandlik va jinoyatchilikdan saqlash samaradorligini oshirish" mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi

2021-yilning 14-aprel kuni Urganch davlat universitetida  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.Matlyubov , viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor  Sh.Ismailov, viloyat Narkologiya dispanseri shifokori  F.Atajonov, viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi podpolkovnik M.Bobojonov, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori A.Bekchanovlar ishtirokida  "Yoshlarni giyohvandlik va jinoyatchilikdan saqlash samaradorligini oshirish" mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi. Unda universitet professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Urganch davlat universiteti prorektori, t.f.d. S.Davletov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘z nutqida  yoshlar o‘rtasida jinoyatlarning oldini olish, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, talabalarning intizomi va davomatini doimiy ravishda nazorat qilish kerakligini hamda  "jinoyat”  uning kelib chiqish sabablari, bunga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar xususida to‘xtalib, barchani ogohlikka chaqirdi va talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini muntazam olib borishni ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so`ng,  tadbir mehmonlari so`zga chiqib, bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga erishish, tom ma’noda huquqiy ongni yuksaltirish davr talabiga aylangani, huquqiy madaniyatni shakllantirish va shu orqali qonun ustuvorligiga erishish nafaqat jamiyatning, balki o‘sib kelayotgan yoshlar uchun ham  qimmatli ekani, mukammal ta’lim-tarbiya olgan avlod hech qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar ko‘chasiga kirmasligi shuningdek, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushmasligi haqida atroflicha to`xtalib o`tdilar.  

 “Jinoyatning oldini olish, ularga qarshi kurashish faqat davlatning yoki huquq-tartibot idoralarining vazifasi emas. U hammamizning va har birimizning burchimizdir. Kasalni davolagandan ko‘ra oldini olgan afzal», -  degan fikrlarini ilgari surishdi.

             

Ulashish: