Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



2019 yil 11 noyabr kuni Urganch davlat universitetida profilaktik tadbir tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “2019 yilda ta’lim muassasalari va mahalalarda giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasida” belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 11 noyabr kuni  Urganch davlat universitetida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi eksperti B.Ro‘zimurodov,  viloyat ichki ishlar boshqarmasi  xodimi M.Sherjanov, viloyat narkologiya dispanseri shifokori D.Eshchanov, Urganch shahar bosh imom-xatibi X.Kenjaevlar ishtirok qilishdi.

Share