Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, tegishli bo‘lim boshliqlari va mas’ullar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab universitetning xalqaro faoliyatini tartibga solish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, xorijiy tajriba almashish, malaka oshirish va stajirovka dasturlariga yuboriladigan professor-o‘qituvchilarni saralash mezonlari yuzasidan ishlab chiqilgan Nizom bo’yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xorijda bilim va tajriba orttirib qaytgan mutaxassislarning o‘z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lish, seminar va mahorat darslari tashkil etishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, yig‘ilishning navbatdagi muhim masala universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat tizimi orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, sog’lom ma’naviy muhit va o’zaro muomala madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.









