Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti Kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi


 Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madrahimova raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi.

Kengash quvonchli xabarlar bilan boshlandi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarining diplomlari topshirildi. Rektor barcha diplom egalarini samimiy qutladi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi. Jumladan, mamlakatimizning siyosiy hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga oid muhim ma’lumotlar, universitetni TOP-1000 talik universitetlar qatoriga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2026/2027-o‘quv yilida xorijlik talabalarning ta’lim olishi uchun to‘lov-shartnoma miqdorlarini belgilash, UrDU qoshidagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim jarayoninig yo‘lga qo‘yilishi va universitet bilan hamkorlik bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash hamda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish masalalari, ARM ning yangi avlod darsliklari, qo‘llanmalar va boshqa elektron resurslar bilan ta’minlanishi yuzasidan ham tegishli axborotlar taqdim etildi.

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan Kengash raisi Feruza Madrahimova tomonidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan muhim ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, “Spin-off” korxonalar Nizomi, ayrim kafedralar qoshida tashkil etilayotgan ilmiy tadqiqot va xizmat ko‘rsatish markazlari Nizomlari ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Majlisda universitetning innovatsion salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiluvchi Texnopark faoliyatini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilinib, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida turli masalalar muhokama qilinib, lavozimlarga hamda OAK ilmiy unvonlariga saylovlar o‘tkazildi.