Joriy yilning 1–3-iyun kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual haftalik” musobaqasining respublika bosqichida Urganch davlat universiteti jamoasi munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etdi.
Musobaqa doirasida talabalar “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy o‘yin” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, jamoalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” bellashuvlari ham tashkil etildi.
Intellektual haftalik doirasidagi “Breyn-ring” musobaqasida Urganch davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda 50 million so‘m pul mukofoti va Diplom bilan taqdirlandi.
Bilimdon talabalarimizni universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
.jpg)
