Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirokida ZOOM dasturi orqali malakaviy (tahrir) amaliyot yakunlariga bagʼishlangan konferentsiya boʼlib oʼtdi


Urganch davlat universiteti Filologiya fakulʼteti 3-kurs oʼzbek tili taʼlim yoʼnalishi talabalari va Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi professor-oʼqituvchilari ishtirokida ZOOM dasturi orqali malakaviy (tahrir) amaliyot yakunlariga bagʼishlangan konferentsiya boʼlib oʼtdi. Ushbu malakaviy amaliyot mashgʼulotlar davomida egallab olingan nazariy materiallarni mustahkamlash, amalda qoʼllash jarayoni boʼlib, oʼquv jarayonining bevosita davomi hisoblanadi. Konferentsiyada Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri f.f.n., dotsent А.I.Primov, dotsent Sh.X.Norboeva, katta oʼqituvchi I.B.Davletov hamda Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dotsent S.Q.Matkarimovalar soʼzga chiqishib, ushbu amaliyot talabalarning publitsistik uslub, uning tabiati, shakliy va mazmuniy tarkibi borasidagi bilimlarini kengaytirishda, respublika davriy matbuoti hamda hududiy gazetalar haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlishlarida asosiy omil boʼlib xizmat qila olishini aytib oʼtishdi. Talabalarda publitsistik hamda ilmiy maqola yozish koʼnikmalarining shakllanishida ushbu amaliyotning muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.

Share