Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



LOTIN YOZUVIGA O‘TISHDAGI IJTIMOIY MUAMMOLAR YUZASIDAN MULOHAZALAR


Mustaqilligimizga qo‘yilgan ilk qadam sifatida ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi ekanligini bot-bot takrorlaymiz. Milliy iftixorimiz, g‘ururimiz, o‘zligimiz va o‘ziga bekligimizning yorqin ifodasi bo‘lgan davlat tilimiz o‘z maqomiga erishguniga qadar birmuncha tazyiq-u tahqirliklarga ro‘baro‘ kelgan. Endilikda bizdan talab qilinadigan ulkan mas’uliyat – bizga in’om qilingan davlat tilimizni yuksak darajada e’zozlash, tilimizning qadr-qimmatini xalqimiz ongi-shuuriga singdirish, o‘zbek tilining jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilash va ravnaq topdirish, ushbu yo‘lda yagona maqsad sari birlashib harakat qilmog‘imizdir.

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir”, - deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 31 yil to‘ldi. O‘tgan davr mobaynida tilimiz rivoji yo‘lida birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘ngi yillarda bu ishlar yanada jadal tusga kirdi. Prezidentimiz tomonidan 21-oktabrning “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi va Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan farmoyishi zamirida ham tilimiz taraqqiyotiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, ishlar keng ko‘lamli yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa milliy bayramlarimiz qatorida o‘zbek tili bayramini nishonlash ham Respublikamizda istiqomat qiluvchi keksayu-yosh qalbida milliy tilimizga yanada hurmat tuyg‘usini shakllantiradi. Iftixorimiz ramziga aylanib ulgurgan o‘zbek tilini o‘z qonun-qoidalari asosida chiroyli qo‘llay olishning o‘zi tilimizga nisbatan yuksak ehtirom, aslida.

Xo‘sh biz bu qonun-qoidalardan unumli fodalanib kelyapmizmi? O‘rinli va munozaralarga boy savol. Ushbu masalaning bir qismigagina to‘xtalib o‘tamiz. “Davlat tili haqidagi qonun”ning ikkinchi va undan keying tahrirlarida asosiy e’tibor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishni ta’minlashga qaratilgan. Demak, qonun ijrosini ta’minlash uchun, avvalo, joriy grafik tizimga qat’iy rioya qilishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim bo‘ladi.

Batafsil...

Aqmanova Shahnoza Alimboyevna

Urganch davlat universiyeti

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

 

 

Share