Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda


Urganch davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqdaPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur. Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, xususan, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalari bugungi kunning eng dolzarb ahamiyatga ega masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablarini oliy ta’lim muassasalariga biriktirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, bu borada Urganch davlat universitetiga dastlabki bosqichda viloyatimizdagi 6 ta maktab biriktirildi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani dos. D.G‘ayipov, Tabiiy fanlar fakulteti dekani dos. X.Polvonov hamda Fizika-matematika fakulteti katta o‘qituvchisi G‘.Satlikovlar biriktirilgan maktablarga borib uchrashuv o‘tkazdilar.
Jumladan, Xonqa tumanidagi 17-sonli hamda Xazarasp tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, uchrashuv jarayonida o‘quv maussasalari faoliyati, ta’lim sifati, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar bilan yaqindan tanishirdilar. Maktab o‘quvchilarining bilim olishda samarali usullardan foydalanish, ularning oliy ta’lim muassasasiga o‘qushga kirish imkoniyatini oshirish, shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha umumta’lim maktablarni tayyorlash va namunali natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsad va vazifalar xususida ham fikr yuritildi

Urganch davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Share