Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining Axborot texnologiyalari va yoshlar bo`yicha o`rinbosari Yusuf Absoatov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


abdullayev baxrom,Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining Axborot texnologiyalari va yoshlar bo`yicha o`rinbosari Yusuf Absoatov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi2020-yilning 28-noyabr kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining Axborot texnologiyalari va yoshlar bo`yicha o`rinbosari Yusuf Absoatov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida universitet rektori B.Abdullayev hamrohligida  Xorijiy filologiya, Fizika-matematika hamda Tabiiy fanlar fakultetlarida bo`lib, talabalarning dars jarayonlaridagi ishtirokini kuzatdi hamda ular bilan suhbatda bo`ldi. Suhbat davomida Yusuf Absoatov  davlatimiz rahbarining keng miqyosda fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarning mutolaa madaniyatini, IT boʻyicha bilimlarini oshirish, yoshlar tomonidan kompyuter dasturlarini yaratish va bu borada ularning qiziqishlarini ragʻbatlantirish, ularni madaniyat va sanʼatga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidlab o`tdi.

Shuningdek, Yusuf Absoatov  universitetning bir guruh rahbar xodimlari va professor-o`qituvchilari bilan ham uchrashib, oliy ta`lim tizimida olib borilayotgan yangi islohotlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida erkin muloqotda bo`ldi. 

Qolaversa, vazir o`rinbosari universitetdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati bilan ham yaqindan tanishdi.

Abdullayev Baxrom

Share