Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



“Sog`lom hayot sari 5000 qadam” aksiyasi


Pandemiya davrida jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-yil 6-fevral kuni Urganch davlat universitetida «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida  "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" loyihasi doirasida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o‘tkazildi. Loyihada universitetning 1000 nafardan ortiq rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Yurish marafoniga Urganch davlat universiteti maydonida start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Share