Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?


Yoshlar ishlari agentligi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera oromgohi 2025” – bu 2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.

Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?

Rezyume va intervyu ko‘nikmalari;
Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.