2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi
2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovining respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari va Xorijiy tillar fanlari bo‘yicha maxsus test sinovlarini topshirishlari belgilangan.
Mazkur test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlar kesimida tashkil etiladi.
Diqqat! 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari uchun O‘zbekiston tarixi hamda Axborot texnologiyalari fanlaridan test savollari shakllantiriladigan tegishli dasturlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Dasturlar bilan tanishish